Toshkent viloyatida “daraxtkush” fuqaro tabiatga 247 mln soʻm zarar yetkazdi
Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi
Toshkent viloyatida 4 tup yongʻoq daraxtini kesgan shaxs tabiatga 247 mln soʻm zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Chirchiq shahri hududlarida ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.
Tadbir davomida shaharning “Iftixor” MFY, Yangi Oʻzbekiston massivi kirish qismi hududida joylashgan “D.S.” MCHJ masʼul xodimi savdo doʻkonlari va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish uchun moʻljallangan yer maydonidagi 4 tup yongʻoq daraxtini ruxsatnomasiz kesgani aniqlangan.
Hisob-kitoblarga koʻra, huquqbuzar fuqaro tabiatga 247 mln 500 ming soʻm miqdorida zarar etkazgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring