Toshkent viloyatida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashga ajratilgan mablagʻlar talon-toroj qilingani aniqlandi

12:23 11 Mart 2021 Iqtisodiyot
1214 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “S.» hamda “Ye” MCHJlar tomonidan «Suvoqova» DUK Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi bilan aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash yuzasidan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tuzilgan hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritib, amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali “S.» MCHJ tomonidan 489 mln soʻm, “Ye” MCHJ tomonidan 233 mln soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Mazkur holatlar yuzasidan “S.» va “Ye” MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер