Toshkent viloyatida 13 yoshli qiz noma'lum gazdan zaharlanib vafot etdi

00:59 14 Noyabr 2021 Jamiyat
1153 0

Toshkent viloyatida ikki ayol va voyaga yetmagan qiz noma’lum gazdan zaharlandi. O‘rta Chirchiq tumani hokimi buyrug'i bilan fojea sabablarini o‘rganish bo‘yicha maxsus guruh tuzilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 noyabr kuni Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga 55 va 26 yoshli ikki ayol hamda 13 yoshli qiz noma’lum gazdan zaharlanishi oqibatida olib kelingan. Ertasi kuni voyaga yetmagan qiz vafot etgan.

Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda. Oʻrta Chirchiq tumani hokimi materiallarni tahlil qilish uchun Energetika vazirligi va “Xududgazaʼminot” AJga yuborishni topshirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер