Toshkent viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Фото: Тошкент вилояти ҳокимлиги
Normirzayeva Nilufar Anvarjanovna Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
N. Normizayeva 1976-yil Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi: musiqa oʻqituvchisi, milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.
U faoliyati davomida Yangiyoʻl tumani hokimligining bir qator masʼul lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar, Yangiyoʻl tumani hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring