«Toshkent — Urganch — Aktau» yoʻnalishida yangi yoʻlovchi reysi ochildi

15:21 31 May 2021 Iqtisodiyot
743 0

 «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan «Toshkent — Urganch — Aktau — Urganch — Toshkent» yoʻnalishida navbatdagi yangi reys ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

29-may kuni Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Saidikrom Niyozxoʻjayev, mamlakatimizning Aktaudagi Bosh konsulxonasi xodimlari, Aktau aeroporti direktori Selchuk Kiledji, shuningdek, Qozogʻiston aviatsiya organlari va OAV vakillari ishtirokida yangi reysning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Urganchga parvoz qilgan birinchi reys Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolaridan iborat 70 nafar yoʻlovchini olib ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер