Toshkent shahridagi Yangiobod bozorida joylashgan oshxona yonib ketdi
Foto: Illustrativ foto
Maʼlum boʻlishicha, 13-fevral kuni soat 07:48 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Yangiobod koʻchasida joylashgan “Yangiobod” bozor hududida yongʻin kelib chiqqan. Shundan soʻng 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:52 da yetib borib, yongʻin soat 08:17 da bartaraf etilgan.
Yongʻin tufayli bozor hududida joylashgan oshxona, somsaxona va rastalarining taxminan 120 kv.m. maydonda tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring