Toshkent shahridagi 4 ta AGTKSH tomonidan 7,1 mlrd. soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

20:40 01 Aprel 2023 Jamiyat
787 0

Joriy yilning 13-29-mart kunlari “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkorlik subyektlariga qarashli 4 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSH) tomonidani tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Mazkur naqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 7,1 mlrd soʻmni tashkil etgan. Jumladan:

— Yunusobod tumanida joylashgan AGTKSH tomonidan 2,372 mlrd soʻmlik;

— Sergeli tumanida joylashgan AGTKSHda 1,728 mlrd soʻmlik;

— Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan AGTKSHda 1,607 mlrd soʻmlik;

— Uchtepa tumanida joylashgan AGTKSHda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1,392 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Ushbu noqonuniy holatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda. Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер