Toshkent shahrida vaksina olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati Toshkent shahar boshqarmasining maʼlum qilishicha, AstraZeneca vaksinasi bilan emlash 2 turda oʻtkaziladi va uning oraliq vaqti 21 kunni tashkil etadi. Oʻzbekiston–Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlash esa 3 turda oʻtkaziladi va ularning oraliq vaqti 28 kundan iborat.
Vaksina qabul qilish uchun qayerga murojaat qilish mumkin?
Emlash jarayonlari uchun respublika boʻyicha 3138 ta, Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikalar qoshida esa 210 ta emlash punktlari tashkil etilgan. Emlash jarayoniga yurtimiz boʻylab 868 ta, poytaxtimizda esa 191 ta harakatdagi brigada jalb qilingan.
Emlash jarayoni boʻyicha savollarga joylardagi punktlarda javob olishingiz mumkin.
Havolaga oʻtish orqali Toshkent shahridagi emlash punktlari manzili va telefon raqamlari bilan tanishishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring