Toshkent shahrida fuqarolarga kottej qurib berishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

14:42 06 Fevral 2024 Jamiyat
290 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan F.M. va boshqalar “Ar.” hamda “V.C.” MCHJni tashkil qilib, 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, Sergeli, Yunusobod, Yashnobod va Olmazor tumanlarida yer maydonlarini go‘yoki ushbu MCHJlarga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonlariga 1,2 va 2 sotixli kottedj qurib berishi haqida yolg‘on va’dalar berib, ularning har biridan boshlang‘ich to‘lov sifatida 125 mln so‘mdan jami 500 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganliklari, shuningdek fuqaro F.M. ushbu pullarni o‘zi va boshqalarning nomidan xorijiy valyuta birjasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning hisob-raqamiga o‘tkazib berganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер