Toshkent shahrida aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan portal ishga tushirildi
Foto: president.uz
Prezident raisligida raqamlashtirish boʻyicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda aholi muammolarini hal qilish jarayonlarini raqamlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Misol uchun, Toshkent shahrida aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan portal ishga tushirildi.
Bunda, aholi kommunal, yoʻl, obodonlashtirish va energetika kabi muammolarni telefonda rasmga olib, portalga joʻnatadi.
Mutasaddi idoralar esa, ushbu muammoni hal qilganini «quruq gap» bilan emas, balki oldingi ahvol va kamchilik bartaraf etilgan holatni rasmlari bilan aholiga yuboradi. Natijaga qarab, aholi hokimiyat faoliyatiga baho beradi.
Toshkent shahrining ijobiy tajribasidan foydalanish maqsadida Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti Raqamlashtirish vazirligiga oʻtkazilishi belgilandi. Departament respublikaning barcha hududlarini raqamlashtirishga masʼul boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring