Toshkent shahrida 11 059 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etildi

11:41 19 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
714 0

Oxirgi yillarda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yana-da rivojlantirish va barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va qulayliklar natijasida faoliyat koʻrsatayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar soni yildan-yilga sezilarli ravishda oshib bormoqda.

2020-yilning yanvar–sentyabr oylarida Toshkent shahrida 11 059 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi. Shundan, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar – 9032 ta, xususiy korxonalar – 1 328 ta, oilaviy korxonalar – 434 ta, muassasalar – 114 ta va boshqalar – 151 tani tashkil etdi.

Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Oʻz oʻrnida, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish borasida ham qonunchilikda muhim qarorlar qabul qilinib, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishni avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma bosqich ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Bu esa aholi hamda xorijiy investorlarning oʻz shaxsiy biznesini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер