Toshkent shahri uchun alohida propiska tizimi bekor qilinadi

20:27 08 May 2023 Jamiyat
807 0

“Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

— Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimi joriy etiladi;

— “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi qonun bekor qilinadi;

— 2024-yil 1-yanvardan maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlardan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi;

— 2023-yil 1-avgustdan soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib taʼlimning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimiga joriy etiladi;

— 2023-yil 1-iyundan chakana savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining faoliyat koʻrsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar bekor qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер