Toshkent shaharida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “K.D.” MCHJ rahbari O.I., “J-Sh.” XK rahbari S.T va boshqalar ushbu korxonalar dorixonalarida hech qanday hujjatsiz 3 xil turdagi jami 6 730 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotuvga qoʻyganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring