Toshkent shahar hokimligi xonanda Sanjayga Obodonlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimini taklif qildi

19:57 22 Iyun 2021 Jamiyat
3071 0

Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xonanda Sanjayning chiqishiga oʻz munosabatini bildirdi.

«Xonanda Sanjay dolzarb masalani koʻtargan boʻlib, shahrimizda chiqindilar toʻplanib qolmasligi uchun odamlarni befarq boʻlmaslikka chaqirgan, ular tomonidan muzqaymoq qogʻozlari, sigareta qoldiqlari, turli salqin ichimliklar idishlarini xohlagan joylarga tashlab ketayotganligini taʼkidlagan. Bunday salbiy holatlar ayniqsa, yoz paytida koʻpayib, goʻzal poytaxtimizning husniga dogʻ boʻlishi tabiiy hol.

Shu bilan birga, shahrimiz ozodaligi uchun koʻplab insonlar mehnat qilayotganligi va ularning munosib mehnatini taʼkidlashimiz ham lozim.

Toshkent shahar hokimligi xonanda Sanjayga poytaxtimiz tozaligiga munosib hissa qoʻshmogʻi uchun uni oʻzi istiqomat qilayotgan Shayxontohur tuman Obodonlashtirish boʻlimi rahbari lavozimiga ishga taklif etadi», deyiladi munosabatda.

Xonanda Sanjaydan ushbu taklifni qabul qilishi uchun +998977015111 telefon raqamiga murojaat etish soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер