Toshkentda xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilgan uylarning 10-15 foizi hokimlik hisobiga o‘tkaziladi

16:02 13 Iyul 2018 Jamiyat
2439 0
Mirobod ko‘chasida qurilayotgan yangi uylarning loyihasi / Archikultura

Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlik subyektlarini ko‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirish borasidagi yangi loyihaga qo‘l urdi.

Xususan, joriy yilning 14 iyul kuni 12:00dan 15:00ga qadar poytaxt hokimligi binosida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga mas’ul idoralar rahbarlari hamda tadbirkorlar va xorijiy investorlar ishtirokida amaliy uchrashuv o‘tkaziladi.

Yangicha yondashuvda o‘tkazilayotgan ushbu uchrashuvda tadbirkorlar va xorijiy investorlar Toshkent shahrini yanada ko‘rkam qilish, poytaxtimizda sanoat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tadbirkorlardan loyihalarini slayd ko‘rinishida taqdim etishlari so‘raladi. Uchrashuv ochiq, xolis va shaffof o‘tishi kafolatlanadi.

Mazkur tadbirning muhim bir natijasi sifatida poytaxtimizda turar joy binolarini qurishni rejalashtirgan tadbirkorlarga loyihalari tasdiqdan o‘tgach, Toshkent shahar hokimiyati Davlat sherikchiligi asosida yer uchastkalari ajratadi. Bunda davlat sherikchiligining ahamiyati shundaki, turar joy binolarining qurilishi tugatilgach, davlatga ularni sotishdan tushgan daromaddan foiz to‘lanmaydi, balki umumiy xonadonlarning 10-15 foizi hokimlik tasarrufiga o‘tkaziladi va ushbu xonadonlar chin yetim, nogiron, kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q uy-joyga muhtoj aholi qatlamiga taqdim etiladi.

“Mazkur uchrashuv yakuni bo‘yicha shahar hokimligi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Toshkent shahar hokimligi tadbirkor va investorlardan ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishlarini so‘raydi!”, deyiladi hokimlik axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер