Toshkent, Namangan va Navoiyda noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlari aniqlandi
Toshkent shahri, Namangan va Navoiy viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullangan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qator huquqbuzarlik holatlari fosh qilindi.
Jumladan, Yangihayot tumanida oʻtkazilgan tadbirda fuqaro X.A. noqonuniy ravishda fuqaro M.X.ga 5 ming AQSH dollarini 64,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida fuqaro M.S. 4,3 ming AQSH dollarini 55,8 million soʻmga sotganligi aniqlandi.
Shuningdek, Uychi tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. 4 000 AQSH dollarini 51,7 million soʻmga, Navoiy viloyatida esa fuqaro J.U. 4 ming AQSH dollarini 52,4 million soʻmga noqonuniy ravishda ayirboshlagan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring