Toshkent moliya instituti rektoriga Kyungdong universiteti “Faxriy professori” unvoni berildi
Ayni vaqtda Toshkent moliya instituti vakillari amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaning Kyungdong universitetida boʻlib turibdi.
Mazkur tashrif davomida Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayevga Janubiy Koreyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri – Kyungdong universiteti “Faxriy professori” unvoni berildi.
Kyungdong universiteti Koreya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida “Bitiruvchilarni ishga joylashtirish” koʻrsatkichi boʻyicha 1-oʻrinda turadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring