“Toshkent  — Lahor — Toshkent” xalqaro aviaparvozi tiklanadi

17:20 30 Iyun 2021 Iqtisodiyot
824 0

Bu haqda Uzbekistan Airways AJ maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, milliy aviakompaniya 2021-yil 2-iyulidan boshlab “Toshkent — Lahor — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Aviaqatnovlar haftasiga bir marotaba — juma kuni bajariladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan, Lahor shahrida joylashgan aviakompaniya vakolatxonasi orqali xarid qilib olish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер