Toshkent koʻchalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama aks etgan videolar tarqaldi. Qurilma sinov tariqasida qoʻllanilayotganini maʼlum boʻldi
Ijtimoiy tarmoqda “Poytaxt koʻchalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama” sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi. YHXBB mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Tracker” rusumli, 01 779 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilining tom qismiga oʻrnatilgan moslama aks etgan video lavha tarqalib turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Xabarga koʻra, mazkur moslama qoidabuzarlik holatlarini qayd etishga moʻljallangan. Hozirda sinov tariqasida qoʻllanilib, tajribadan oʻtkazilmoqda. Tajriba yakunlanib, moslamadan amaliyotda foydalanish boshlanganda qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring