Toshkent xalqaro musiqa festivaliga mezbonlik qilmoqda

11:36 04 Aprel 2018 Madaniyat
3897 0
Foto: Dinara Chirkova "Xalq so’zi" 

O’zbekiston davlat konservatoriyasida “Navro’z sadolari” xalqaro musiqa festivali boshlandi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Sog’lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O’zbekiston davlat konservatoriyasi, “So’g’diyona” xalq cholg’ulari kamer orkestri, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, O’zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

Foto: Dinara Chirkova "Xalq so’zi" 

Tanlovning dastlabki bosqichi Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi san’at va madaniyat yo’nalishidagi litseylar hamda kollejlar jamoalari o’rtasida uyushtirildi. Festivalning yakuniy bosqichi g’oliblar hamda Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Mo’g’ulistondan kelgan yosh san’atkorlar o’rtasida bo’lib o’tmoqda.
Festivalning ilk kunida milliy cholg’u asboblari ko’rgazmasi, ko’p ovozli ansambl va orkestrlarning chiqishlari, “So’g’diyona” orkestrining “Milliy sozlar ifori” nomli kontserti namoyish qilindi.

Foto: Dinara Chirkova "Xalq so’zi" 

— Bundan 40 yil muqaddam O’zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olganman, — deydi Qirg’iziston xalq artisti Tentemish Murataliev. — Festivalda shogirdlarimning ishtirok etayotgani ildizlari bir-biriga tutash, urf-odat hamda an’analari, milliy madaniyati mushtarak ikki xalqning chinakam bayramidir.

Foto: Dinara Chirkova "Xalq so’zi" 

Tadbir avvalida ko’p ovozli ansambl va orkestrlarning chiqishlari namoyish qilingan bo’lsa, uning keyingi kunida qatnashchilar nafaqat kontsert dasturi, balki ustozlarning mahorat darslaridan ham bahramand bo’lishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер