Toshkent xalqaro aeroporti CIP-zalidan foydalanish boʻyicha shartnomalar tuzish tartibi soddalashtirildi
Uzbekistan Airports kompaniyasi yuridik shaxslar bilan Toshkent xalqaro aeroporti CIP-zalidan foydalanish boʻyicha shartnomalar tuzish tartibini soddalashtirdi.
CIP-lounge xizmatlaridan foydalanmoqchi boʻlgan kompaniyalar endi rasmiy xat yozishlari shart emas, shunchaki www.uzbairports.uz rasmiy veb-saytiga kirib, tayyor shartnomani yuklab olishlari va imzolangan shartnomalarni ikki nusxada “Uzbekistan Airports” tijorat boʻlimiga topshirishlari kifoya.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring