Toshkent–Hojikent yoʻnalishidagi elektropoyezd nosozlik sabab harakatdan toʻxtatildi

14:41 20 Iyun 2021 Jamiyat
988 0

Toshkent–Hojikent yoʻnalishidagi elektropoyezd nosozlik sabab harakatdan toʻxtatildi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea 20-iyun, yakshanba kuni soat 08:18 da sodir boʻlgan. Toshkent–Hojikent yoʻnalishida harakatlanuvchi 6429-sonli elektropoyezd “Oqqovoq” temir yoʻl bekatida toʻxtatilgan. Holat sabablari oʻrganilganida tyagoviy elektrodvigateldan tutun chiqqani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda elektrovozni almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер