Toshkent – Budapesht oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev Vengriyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dyula Kovach hamda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakili Adriyenn Geobel bilan uchrashdi.
Oʻzbekistonning rezident aviakompaniyalari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston va Vengriya poytaxtlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq jihatlarni muhokama etishdi.
Masalaning texnik va iqtisodiy jihatlarini batafsil muhokama etgan holda yakuniy toʻxtamga kelish maqsadida ikki mamlakat vakolatli organlari vakillari ishtirokida yaqin orda muzokaralar oʻtkazishga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring