Toshkent aeroportida kutib olish hududi ochildi

09:09 03 Noyabr 2023 Jamiyat
481 0

Harorat pasayishi arafasida Toshkent aeroportining uchib kelish hududida kutib oluvchilar uchun pavilyon qurilishi yakunlandi.

Kecha kutib oluvchilar uchun kutish zali ochildi. Umumiy maydoni 500 kv.m boʻlgan alohida pavilyon xalqaro aeroportning uchib kelish zali yonidagi P2 avtoturargohida joylashgan. Ushbu pavilyonda kutib oluvchilar uchun oʻrindiqlar mavjud boʻlib, yaqin kunlarda kafe va gul doʻkoni ochiladi hamda savdo avtomatlari, bankomatlar, mobil qurilmalar uchun zaryadlash punktlari oʻrnatiladi.

Aytish joizki, qurilgan pavilyon vaqtinchalik yechim hisoblanadi. Ayni paytda mavjud terminalni kengaytirish loyihasini ishlab chiqish yakuniy bosqichda boʻlib, u yerda kutib oluvchi va kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер