Toshkent aeroportida xorijlik shaxs psixotrop moddalar bilan ushlandi

14:34 10 Mart 2026 Jamiyat
260 0

Foto: Bojxona qoʻmitasi

Poytaxt aeroportida Bishkekdan uchib kelgan qoʻshni davlat fuqarosining jomadonidan sintetik giyohvandlik vositalari aniqlandi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur shaxs bojxonadan “yashil” yoʻlak orqali harakatlanib, jomadonida 2 ta qutiga joylangan goʻyoki sport ozuqasi koʻrinishidagi 684 dona kapsulada 560,75 gramm “alfa-PVP” sintetik giyohvandlik moddasini olib oʻtishga uringan vaqtida ushlangan.

Shundan soʻng mazkur narkojinoyatning ildiziga yetib borish maqsadida “Toshkent-Aero” IBKning Kontrabandaga qarshi kurashish shoʻbasi tomonidan DXX va ichki ishlar idoralari vakillarini jalb qilgan holda Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Xorijdan olib kirilgan ushbu sintetik giyohvandlik moddasini qabul qilib olishi kerak boʻlgan shaxs ham Bektemir tumanida qoʻlga olingan.

Foto: Bojxona qoʻmitasi

Tadbir davomida uning ham xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, u yerda 114 dona kapsulada taxminan 80 gramm ogʻirlikdagi “alfa-PVP” sintetik giyohvandlik moddasi va ularni tarqatish uchun hozirlangan 37 dona oʻramchalar, 2 gramm ogʻirlikdagi “marixuana”, 2 dona oʻramda 30 gramm ogʻirlikda boshqa turdagi sintetik narkotik modda, 4 dona elektron tarozi, izolentalar va zip paketlar mavjudligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер