Toshbaqa tezligidan andoza olgan internet haqida tahlil

11:08 04 Sentyabr 2020 Jamiyat
1540 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mutaxassislari tomonidan Respublika miqyosida aloqa va internet sifatini oʻrganish boʻyicha jamoatchilik nazorati monitoringi oʻtkazildi.

Unga koʻra, Uzmobile, Mobiuz, Beeline, Usell, Perfectum singari xizmat koʻrsatuvchi aloqa kompaniyalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi holat boʻyicha quyidagilar maʼlum boʻldi: Qoraqalpogʻiston Respublikasida 238 ta MFY, bor shundan Uzmobile aloqa vositasidan 115 ta MFY aholisi norozi, 123 tasida qoniqarli holatda. Mobiuz Qoraqalpogʻiston Respublikasining bitta mahallasida mutlaqo mavjud emas, 119 tasida esa mutlaqo qoniqarsiz, 118 tasida qoniqarli. Beeline kompaniyasidan 3 ta mahalla foydalanmaydi, 150 ta MFYda esa qoniqarsiz. Qolgan 85 tasida qoniqarli. Ucell kompaniyasidan esa hududning 153 ta mahallasi norozi, 85 tasida esa qoniqarli.

Xorazm viloyati misolida aytadigan boʻlsak, bugungi kunda viloyatda 479 ta mahalla mavjud. Ularning 161 tasida Uzmobile aloqa operatorining xizmati mutlaqo qoniqarsiz. 196 ta hudud aholisi esa Mobiuz aloqa kompaniyasi haqida hatto bilishmaydi, qolgan 237 ta mahallada qoniqarli holatda. Viloyatdagi 7 ta mahallada Beelineʻdan mutlaqo foydalanmaydi, qolgan 296 tasida qoniqarsiz, 176 ta mahallada esa holat yaxshi. Ayni chogʻda Perfectum   aloqa operatorlari xizmatidan aholi norozi.

Yuqoridagi maʼlumot shunchaki raqamlar emas, bu bizning fojiamiz aslida. Butun dunyo yoshlari allaqachon yangi kashfiyotlar ustida bosh qotirayotgan bir paytda bizning kelajagimiz deb atayotgan navqiron avlod hech boʻlmaganda internet imkoniyatlaridan foydalana olmayapti. Yoki onlayn taʼlim biz uchun emas-mi? Bunday vaziyatga loqaydlik bilan qarab, qoʻl qovushtirib oʻtiradigan boʻlsak, katta yoʻqotishlarni boshdan kechirishimiz aniq.

Aziza Xoʻjakeldiyeva,
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
Himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 

matbuot xizmati bosh mutaxassisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер