Toʻrtkoʻlda haydovchi YPX xodimini kaltakladi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpogʻistonda fuqaro YPX xodimini kaltaklayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV YHXB 2 mintaqa yoʻl-patrul xizmati inspektori safdor K.M. Toʻrtkoʻl tumani Mustaqillik koʻchasida xizmat olib borayotgan boʻlgan.
Oʻsha vaqtda shubhali boʻlgan Matiz avtotransport vositasini toʻxtatib, haydovchidan avtomashinani boshqarishga oid hujjatlarini soʻragan. Haydovchi N.A. “Sen nimaga mening oldimga chiqasan” deb, YPX inspektorini qoʻllari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) 2-qismi va 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring