Toʻrtkoʻl tumanida qalbaki alkogol ishlab chiqargan yashirin sex fosh qilindi

16:35 12 Fevral 2026 Jamiyat
100 0

Toʻrtkoʻl tumanida qalbaki alkogol mahsulotlar ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro S.S. “Doʻstlik” MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etib, qalbaki alkogol mahsulotlari ishlab chiqarganligi aniqlanib, 1 ming 559 dona shisha qopqoqlari, 992 dona boʻsh shisha idishlar, 147 dona qalbaki aksiz markalar va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер