Toʻqimachilik korxonalari tomonidan 1,5 million komplektdan ortiq maktab formalari tayyorlanib, sotuvga chiqarildi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Oʻztoʻqimachiliksanoati» uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qoʻchqoʻrova maʼlum qildi.
Vazirlar Mahkamasi qarori doirasida «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi va tarmoq korxonalari tomonidan respublika umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan jami 6,6 million nafar oʻquvchi uchun yagona maktab formasi ishlab chiqarishni tashkil etish vazifasi berilgan.
Oʻquvchilarni sifatli va zamon talabiga mos maktab formalari bilan taʼminlash uchun respublika boʻylab 560 ta mahalliy korxona roʻyxati shakllantirildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, maktab formasini ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida 26 mln kv. m. gazlama mato ishlatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring