Toqayevning matbuot kotibi koronavirusni yuqtirib oldi

21:43 06 Iyun 2020 Dunyo
994 0

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi Barik Uali koronavirusga chalingani maʼlum boʻldi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.
Bu maʼlumotni Barik Ualining oʻzi ham tasdiqlagan.
U davlat rahbari Toqayevga ishlashni davom ettirayotgani, salomatligiga hech narsa tahdid solmayotganini bildirgan. 
Prezident qarorgohi — Oq oʻrdada sanitariya rejimi kuchaytirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер