Toʻqayev Senatga yangi deputat tayinladi
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev Maulen Ashimbayevni mamlakat parlamenti Senati aʼzosi etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonnii imzoladi. Mamlakat Markaziy komissiyasi oʻz qarori bilan buni tasdiqladi.
“Davlat rahbarining qarori bilan Ashimbayev Maulen Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senatining deputati etib tayinlandi”, deyiladi bayonotda.
Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi Ashimbayevni deputat sifatida roʻyxatga oldi.
49 yoshli Ashimbayev Qozogʻiston Prezidenti administratsiyasi rahbari birinchi oʻrinbosari vazifasini bajargan.
Avvalroq, Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi Toqayevning qarori asosida Senat deputati Darigʻa Nazarboyevaning vakolatlarini toʻxtatgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring