Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Senatning yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda raqamli toʻlov xizmatlari bozorini rivojlantirishga, moliyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishga hamda toʻlov xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini taʼminlashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yalpi majlisda tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida bank kartalaridan foydalangan holda oʻgʻirlik hamda firibgarlik hollari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan zamonaviy tizimlar va boshqa himoya mexanizmlarini tashkil etish zarurati yuzaga kelayotgani taʼkidlab oʻtildi.
Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlariga operatorlar hamda toʻlov tashkilotlari faoliyatini tartibga solishga, antifrod tizimini va biometrik identifikatsiya tizimlarini joriy etishga, shuningdek litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Mazkur Qonun toʻlov xizmatlari bozorida xavfsizlikni taʼminlashga, moliyaviy firibgarliklarning oldini olishga, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishga, shuningdek isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoyalashga xizmat qiladi.
Senatorlarning fikricha, Qonun raqobat muhitini taʼminlash, litsenziyalash jarayonlarini kamaytirish va banklarning toʻlov xizmatlari bozoridagi faoliyatini ragʻbatlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring