Toʻlangan keshbeklar 248 milliard soʻmdan oshdi

14:18 26 Iyul 2022 Jamiyat
425 0

Illustrativ foto

Iyun oyi uchun 637 115 nafar isteʼmolchiga 61,9 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-may oylari uchun yana 732,2 mln soʻm keshbek tasdiqlandi.

Yil boshidan buyon 885 829 nafar fuqaroga 248,6 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.

Maʼlumot uchun, 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar bank kartalariga xarid summasidan 1 foiz keshbek qaytarilmoqda. Buning uchun isteʼmolchilar xarid chekining QR-kodini “Soliq” mobil ilovasida skanerlash orqali roʻyxatdan oʻtkazishi lozim. Avtomobil, temir yoʻl va aviachipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun olingan xarid cheklari bundan mustasno.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер