Toʻxtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamayishi kutilyapti

19:28 28 Aprel 2021 Jamiyat
1632 0

Senat maʼqullangan qonunga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-6-moddasidagi (transport vositalari haydovchilari tomonidan toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzganlik) jarima miqdori BHMning 3 baravaridan (735 ming soʻm) 2 baravariga (490 ming soʻm) qisqarmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherboyev maʼlum qildi.

«Takroran sodir etilgan notoʻgʻri “parkovka” uchun oshib boruvchi miqdordagi jarima solish tartibi ham bekor qilinmoqda.

Endilikda bir yilda necha marta qoida buzilganidan qatʼiy nazar har safar bir xil - BHM 2 baravari (490 ming soʻm) miqdorida jarima toʻlanadi.

Qonun Senatdan oʻtdi. Endi Prezident imzolasa boʻldi», deydi deputat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер