Toyloqda barchasi nazoratda

11:35 22 Aprel 2020 Jamiyat
1345 0

Maʼlumki, Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan ilk bemor Toyloq tumanida aniqlangan edi. Oʻtgan vaqtda hududda epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar yana-da kuchaytirilib, kasallik tarqalishining oldi olindi.

Ayni kunlarda ham hududda epidemiyaga qarshi kurash tadbirlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrugi viloyat va tuman hokimliklar bilan hamkorlikda tumanning markaziy koʻchalari, savdo shoxobchalari, bozor hududi hamda 51 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining ichki koʻchalarida belgilangan jadval asosida dezinfeksilash ishlarini olib borishmoqda. Jarayonga Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus texnikalari jalb qilingan.

Aytish joizki, bu murakkab tadbirlarda tuman tibbiyot birlashmasi, sanitariya va epidemiologiya xizmati mutaxassislari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, tumanning faol yoshlari ham fidoyilik koʻrsatib, bir safda, hamjihatlikda mehnat qilishmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev,

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер