TIV Oʻzbekistonda maxfiy biologik qurol ishlab chiqarilayotgani haqida tarqalgan xabarlar boʻyicha bayonot berdi

11:57 22 Iyun 2021 Siyosat
1269 0

Oʻzbekistondagi laboratoriyalar biologik qurol ishlab chiqarishga moʻljallangani haqidagi xabarlar tarqaldi. Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

Unda qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonning Gʻarb davlatlari bilan bioxavfsizlik sohasidagi hamkorligi hududiy jihatdan yaqin joylashgan davlatlar uchun xavf tugʻdirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Vazirlik ushbu maʼlumotlarni asossiz deb baholagan. Shuningdek, vazirlik bir qator ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistondagi mavjud laboratoriyalarning goʻyoki biologik qurol ishlab chiqarishga moʻljallangani toʻgʻrisida tarqalayotgan maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelmasligini qayd etgan.

Bayonotga koʻra, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar oʻtkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun moʻljallangan va “Oʻzbekiston Bakteriologik va toksik qurol-yarogʻlarni taqiqlash toʻgʻrisida”gi konvensiya ishtirokchisi sifatida biologik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqarish va toʻplashning taqiqlanishini taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер