Timur Ishmetov Moliya vaziriga aylandi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov vazirlikning yangi rahbari etib tayinlandi.
Manbalarning xabar berishicha, bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida oʻtkazilayotgan yigʻilishda Moliya vaziri lavozimidan ozod etilib, Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga oʻtkazilgan Jamshid Qoʻchqorov oʻrniga Timur Ishmetov tayinlangan.
Timur Ishmetov 2019-yilning mayidan buyon Moliya vazirligida ishlab kelayotgandi. U muqaddam Markaziy bank raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring