“Tiflo brayl” doskasi ixtiro qilindi
Bugungi kunda “Nurli maskan” maxsus maktab-internatida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchi-bolalar tahsil olishmoqda. Ularga ta’lim boshqalardan farqi ravishda brayl alifbosidan foydalangan tarzda beriladi.
Buxoro shahridagi maktab-internat o‘qituvchisi Sulton Sultonovda ko‘rishda nuqsoni bo‘lib, anchadan buyon bolalar uchun osonroq, zamonaviy va qulay metodlarni ishlab chiqishni maqsad qilib, “Tiflo brayl” doskasini ixtiro qildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.
Mazkur doskaning ustun jihati shundaki, unda bir vaqtning o‘zida harflar bilan birgalikda raqamlar ustida ham ishlash mumkin. Qahramonimiz doskani yanada ixchamlashtirganidan so‘ng, u o‘qituvchilarning dars jarayonidagi asosiy o‘quv quroliga aylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring