Tibbiyot sohasi boʻyicha qaysi davlatlar Oʻzbekistonda korxona ochgan?

10:10 26 Mart 2026 Iqtisodiyot
180 0

2026-yil 1-mart holatiga ushbu sohada jami 140 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mavjud korxonalar mamlakatlar kesimida taqsimlanganda eng koʻp korxonalar Turkiya hissasiga toʻgʻri kelib, 27 tani tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarda Xitoydan 21 ta, Rossiyadan 18 ta, Hindistondan esa 17 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, Qozogʻistondan 11 ta, Ozarbayjon va Janubiy Koreyadan 10 tadan korxona, Qirgʻizistondan 6 ta, BAA va Yaponiya hissasiga 4 tadan, qolgan 12 ta korxona esa boshqa davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер