Tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun xodimlardan pul undirilmaydi

09:56 11 May 2022 Jamiyat
1156 0

Qonunchilikka koʻra, ish beruvchi quyidagi xodimlarni ishga qabul qilishda va keyinchalik tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart:

— 18 yoshga toʻlmaganlar;

— 60 yoshga toʻlgan erkaklar, 55 yoshga toʻlgan ayollar;

nogironlar;

— noqulay ishlarda, tungi ishlarda, transport harakati bilan bogʻliq ishlarda band boʻlganlar;

— oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa tarmoqlardagi ishlarda band boʻlganlar;

— maktablar, bogʻchalar va boshqa muassasalarning bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlari.

Tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun xodimlardan pul undirilmaydi, tibbiy koʻriklarni oʻtkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер