THY-371 Toshkent — Istanbul reysi texnik sabablarga koʻra bekor qilindi

09:45 03 Oktyabr 2023 Jamiyat
301 0

Turk havo yoʻllarining THY-371 reysi boʻyicha Toshkent — Istanbul reysi texnik sabablarga koʻra bir necha soatga kechiktirildi. Natijada vaqt oʻtgach aviatashuvchi reysni bekor qilishga qaror qildi.

Jadvalga koʻra, bortida 265 nafar yoʻlovchi boʻlgan A-333 samolyoti Toshkent vaqti bilan 02:35 da havoga koʻtarilishi kerak edi. Biroq samolyotda texnik nosozlik aniqlangani sababli parvoz kechiktirildi, yoʻlovchilar kutish zaliga joylashtirildi va issiq ovqat bilan taʼminlandi.

Erta tongdan aviakompaniya ushbu reysni bekor qilishga va yoʻlovchilarni boshqa reyslarda Istanbulga tashishga qaror qildi. Yoʻlovchilarga issiq ovqat va mehmonxonada joylashish ham taklif qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер