Tezroq olimlar vaksina topganda edi, tezroq, qayerdan, qanchaga boʻlishidan qatʼi nazar, xalqimizga yetkazib kelishga hamma choralarni koʻramiz - Prezident
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishi avvalida mamlakatimizda epidemiologik vaziyatga yana bir bor alohida toʻxtalib oʻtildi.
"Dunyo hamjamiyatini har kuni koʻryapsizlar, hamma kurashyapti. Davolash nuqtai-nazaridan, vaksina topish uchun katta mablagʻlar sarf qilinyapti. Har kuni buni nazorat qilyapti.
Tezroq olimlar vaksina topganda edi, tezroq, qayerdan, qanchaga boʻlishidan qatʼi nazar, xalqimizga yetkazib kelishga hamma choralarni koʻramiz. Lekin ming afsus, bu savolga javob yoʻq", dedi davlat rahbari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring