Tezkor guruhga tezkor transport kerak
Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli yangi tashkil etilgan ichi ishlar boʻlimlari Damas va Neksiya xizmat mashinalari bilan taʼminlandi.
Viloyat IIB matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, mazkur xizmat avtomashinalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan jinoyatchilikni oldini olishdagi tezkorlikni taʼminlash, navbatchilik qismlarining kunu tun samarali ishlashlariga qulaylik yaratish maqsadida berilgan.

– Boʻlimlardagi navbatchilik qismi xodimlari uchun yangi Damas va tezkor xodim uchun Neksiya avtomashinalari berildi. Ushbu xizmat avtomashinalari uzoq vaqt davomida tezkor-tergov guruhlarini zudlik bilan voqea joyiga yetkazib olib borish va ichki ishlar organlari oldiga qoʻyilgan boshqa xizmat vazifalarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlanishida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-son ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Oybek Toʻrayev. – Biz soha xodimlari ichki ishlar tizimini yanada rivojlantirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan bunday gʻamxoʻrlikdan juda mamnunmiz.
A. Muhammadiyev(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring