Tez yordam xizmatini tashkil etish va raqamlashtirish uchun 85 milliard soʻm va Jahon bankidan jalb qilingan 5 million dollar yoʻnaltiriladi

18:06 05 May 2022 Siyosat
931 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident soha oldida turgan vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:

— joriy yil 1-iyuldan yagona vertikal boshqaruv asosida “103” Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning viloyat filiallari tashkil etiladi;

— tumanlarda chaqiruvlarni qabul qilish dispetcherlik xizmati tugatilib, viloyatlarda yagona Koll-markaz tashkil etiladi;

— tez tibbiy yordam koʻrsatish bir tuman hududida emas, masofaga qarab butun viloyat boʻyicha yoʻlga qoʻyiladi;

— Koll-markazda operatorlar bilan birga alohida tibbiyot-maslahat brigadasi faoliyat olib boradi.

Yaʼni, tez yordam brigadasi yetib borguniga qadar ularga bemorning ahvoli haqida xabardor qilib turish, oila aʼzolariga ogʻir ahvoldagi bemorga birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha telefon orqali maslahat berish bilan shugʻullanadi.

Tez yordam xizmatini tashkil etish va raqamlashtirish uchun 85 milliard soʻm va Jahon bankidan jalb qilingan 5 million dollar yoʻnaltiriladi. Shuningdek, viloyat koll-markazlari tizimiga tez tibbiy yordam xizmati mavjud xususiy klinikalar ham ulanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер