Test javoblarini qanday bilish mumkin?
1 avgustdan boshlab O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida kirish imtihonlari boshlandi. Bugundan dastlabki kun test natijalari e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Mazkur natijalarni qayerdan bilib olish mumkin?
Davlat test markazi test natijalarini bilish uchun maxsus xizmat joriy qildi. Natijalar results2018.dtm.uz manzilida e’lon qilish rejalashtirilmoqda. Hozircha natijalar bazaga kiritilmagan bo‘lsada, tez orada javoblar chiqishi kutilmoqda.
Bundan tashqari Click tizimi ham test javoblarini bilish uchun o‘zining pullik xizmatini taklif qilmoqda. Unda sizga yuboriladigan bitta kirish SMS narxi 3157,5 so‘mni tashkil qilishi aytilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring