Test sinovlari keyinga koʻchiriladimi?

15:04 22 Iyul 2020 Jamiyat
1384 0

Arxiv foto

DTM bosh boshqarma boshligʻi Barno Rajabovning aytishicha, imtihonni keyinga koʻchirish boʻyicha taklif berilgan.

"Karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, test sinovi oʻshanda oʻtkaziladi, — dedi u. — Agar 15-avgustda bekor qilinsa, 15-avgustdan keyin, 1-sentyabrda bekor qilinsa, 1-sentyabrdan keyin oʻtkaziladi.

Imtihonlar oʻtkaziladigan joylar hali tasdiqlanmagan. Tasdiqlangandan keyin maʼlum qilamiz. Statsionarga aylantirilgan pavilyonda imtihon oʻtkazilmaydi.

Test sinovlari uchun tanlangan joylar katta sigʻimli inshoot boʻlishi aniq».

U bu haqda bugun AOKAda 2020-2021-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlari, tahlil va xulosalar mavzusida oʻtkazilgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер