“Tesla” uchuvchisiz boshqariladigan avtomobil chiqarish loyihasini toʻxtatdi
Foto: Reuters
“Tesla” yil oxiriga qadar uchuvchisiz boshqariladigan avtomobil chiqarish loyihasini amalga oshira olmaydi. Bunga navbatdagi moliyaviy hisobot chogʻida kompaniya rahbari Ilon Mask bergan bayonotda ishora qilingan.
Manbaga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi regulyatorlar “Tesla”ga toʻliq avtopilot (“Full Service Driving”) chiqarilishiga ruxsat bermagan. Shu sababli ushbu loyihani amalga oshirish toʻxtatilgan. Mutaxassislarning fikricha, kompaniya rasmiylarni uning mashinalari rulda odamsiz harakatlana olishiga ishontira olmagan.
“Mashina sizni uydan ishga, doʻstingizning uyiga, oziq-ovqat doʻkoniga olib borishi mumkin. Siz rulga tegishingiz shart emas”, degan edi Mask ushbu loyihasi haqida. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, texnologiya hali regulyator tomonidan tasdiqlanmagan. Uning korporatsiyasi avtopilot butunlay xavfsiz ekanligini koʻrsatish uchun 2023-yilda yangilanishni joriy etish niyatida.
“Reuters” bilan suhbatlashgan ekspertlarning fikriga koʻra, regulyator yangilanishni yana maʼqullamasligi mumkin.
“Milliy Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va boshqa kuchaytirilgan tekshiruvini hisobga olsak, «Full Service Driving”ni maʼqullanishi “Tesla”ga yanada qiyinroq boʻladi», deydi tahlilchisi Kreyg Irvin.
Ilon Mask avgust oyi oxirida 2022-yil oxirigacha toʻliq uchuvchisiz “Tesla” paydo boʻlishini eʼlon qilgan edi. Shu bilan birga, tadbirkorning aniqlik kiritishicha, bu loyiha koʻp jihatdan nazorat qiluvchi organlarga bogʻliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring