“Tesla” avtomobillarni mijozlarga quvvatlovchi kabellarsiz yetkazib beradi
Arxiv surat
Amerikaning elektromobillar ishlab chiqaruvchi “Tesla” kompaniyasi mijozlarga yangi avtomobillarni quvvatlash kabellarisiz yetkazib beradi.
Oldin tekinga berilgan simni endilikda “Tesla” 120 voltlisini 275, 240 voltlisini 400 dollarga sotib olishni taklif qilmoqda.
«Ulardan foydalanish statistikasi juda past edi, shuning uchun bu behudaga oʻxshardi. Kichkina plyus sifatida biz mobil konnektorlar toʻplamiga qoʻshimcha adapterlar qoʻshamiz», deydi kompaniya bosh direktori Ilon Mask.
Dastlabki bosqichda “Tesla” oʻz avtomobillarini maishiy rozetka va yuqori kuchlanishli zaryad stansiyasi uchun ikkita turdagi kabellar bilan jihozladi. Keyinchalik u paketda faqat maishiy tarmoqdan mashinani zaryad qilish uchun kabelni qoldirdi.
Oldinroq, AQSHning “Apple” kompaniyasi oʻz mobil qurilmalari qadoqlarini xuddi shunday oʻzgartirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring