Termizda zamonaviy labaratoriya ish boshladi

11:46 25 Noyabr 2019 Jamiyat
2894 0

Termiz shahrida Turkiyaning “Kanimed Healthcare” kompaniyasining “ALLES SAGLIK GROUP” Termiz markazi ofisi hamda “KANI-LAB” labaratoriyasi oʻz faoliyatini boshladi. Eng zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan labaratoriyaning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimizning shu yil 16-apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ushbu loyiha viloyat aholisiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish borasida yanada qulayliklarni yaratdi. Jumladan, endilikda mazkur labaratoriyada bir tomchi qondan 200 turdagi tahlilni amalga oshirish imkoniyati mavjud. 6000 hajmga ega avtomat biokimyoviy immunoanalizatorda qon zardobidagi barcha parametrlarni aniqlash mumkin. Shuningdek, bu yerda allergik, oʻsma kasalliklarni, qon tarkibidagi turli xil mikroblarni erta aniqlash imkonini beruvchi eng zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan. Avvallari bunday tahlillar faqat tibbiyot rivojlangan davlatlarda amalga oshirilar, fuqarolarimiz katta mablagʻ evaziga xorijiy davlatlardan shifo izlashardi.

Laboratoriya-diagnostika markazi kelgusida oʻz faoliyatini yanada kengaytirib, nafaqat mahalliy aholi, balki, tibbiyot turizmi yoʻnalishida qoʻshni davlatlar aholisiga ham xizmat koʻrsatadi.

Yangi tibbiy markaz taqdimotida Oʻzbekistona Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Shodmonov, Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov, Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmed Surayya Er ishtirok etdi.

Ilhom Rahmatov, 
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер