Termizda talabalar festivali boshlandi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng ommaga targʻib etish, aholining xabardorligini oshirish maqsadida Termiz davlat universitetida “Talabalar festivali”ga start berildi.

Festivalda birinchi tashabbus doirasida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida yosh qalamkashlar ishtirokida “Vatan mening nigohimda”, “Shahrimning yangi qiyofasi” mavzularida rasmlar va fotosuratlar koʻrgazmasi oʻtkaziladi. Sportning futbol, mini-futbol, voleybol boʻyicha musobaqalar ikkinchi tashabbus maqsadlarini qamrab oladi. Uchinchi tashabbus doirasida aholi va yoshlar oʻrtasida “Axborot texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish” mavzusida mahorat darslari boʻlib oʻtadi. Toʻrtinchi tashabbus boʻyicha “Yoshlar kutubxonasi”, “Kitoblar karvoni” loyihalari doirasida kitob yarmarkasi, yangi kitoblar koʻrgazmasi, yosh kitobxonlar oʻrtasida “Men oʻqigan kitob” “Zakovat”, “Omadli yoshlar” intellektual tanlovlari tashkil etilsa, “Tadbirkorlik sirlari”, “Hunarlining qoʻli gul” mavzuidagi mahorat darslari xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishdek ezgu tashabbusni roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” muxbiri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring